Assosiy Sahifa
Bizning hamkorlarimiz
G'oya muallifi

Mamlakatimizda a'lo xulqi, zukkoligi, donoligi, tashabbuskorligi, o'qishdagi muvaffaqiyatlari bilan alohida iste'dodini namoyon qilib ta'lim olayotgan, istiqlol g'oyalarini amalga oshirish yo'lida astoydil mehnat qilayotgan iqtidorli yosh yigit - qizlar talaygina.

Ana shunday ibratli qoraqolpoq qizlarining biri – Usnatdinova Shayda Paraxatovnadir. U 1990 yilning 30-oktyabrda Nukus shahrida tavallud topgan. Hozirgi paytda Nukus Sotsial – ekonomika kollejining buxgalteriya hisoboti va audit yo`nalishida o`qib, tahsil olmoqda. Yoshligidan bilimga chanqoqligi bilan o`zini namayon qilib kelayotgan - Shayda, bir qator jamoatchilik ishlarda ham o`z faolligini ko`rsatmoqda. U “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazining “Yoshlarni qo`llab - quvvatlash” yo`nalishida lider assistenti bo`lib ish olib bormoqda.

U “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazida o`z g`oyalari bilan foal ishtirok etib keladi. Ana shunday ezgu g`oyalaring biri “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotinining Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha” sayt yaratish bo`lib, uning o`zi shu saytning yaratilishida, saytga muhim hujjat va ma`lumotlarni yig`ishda jonbozlik ko`rsatdi.

Shayda ham shu yili ya`ni 2008 – “Yoshlar yili”da Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo`lishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan. Biz “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi foallari, xalq ishonchini oqlash, ertangi umidlarini ro'yobga chiqarish o'z sohasining rivojiga va shu orqali yurtining ravnaqiga hissa qo'shishga bel bog`lagan Shaydaga, mashaqatli yo`lida oq yo'l tilab qolamiz.

Po'latbek Azatovich Kudiyarov

"Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi,
Koordinator assistenti

Ðåéòèíã@Mail.ru
Hosted by uCoz