Assosiy Sahifa
Bizning hamkorlarimiz
Prezident Farmoni

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
FARMONI

1999 yil 10 iyun ¹ PF-2326
Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini
ta’sis etish bo’yicha takliflarni qo’llab-qbvuvvatlash to’g’risida.

Ayolni muqaddas bilish, unga alohida ehtirom ko’rsatish, ozod va obod yurtimiz kelajagi bo’lgan har tomonlama yetuk yoshlarni tarbiyalashdagi beqiyos o’rnini yana bir bor e’tirof etish, barkamol, oqila xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, ular orasidagi iqtidorli yoshlarning Adabiyot, san’at, fan va madaniyatni rivojlantirishdagi yutuqlari, tengdoshlarning milliy istiqlol g’oyalari va madaniy-ma’naviy qadriyatlarga e’tiqodning yuksalish yo’lidagi ibratli faoliyati, keng ko’lamli islohatlarni jadallashtirishdagi faol ishtirokini rag’batlantirish maqsadida:

1. O'zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi, Fanlar akademiyasi,”Ma’naviyat va ma”rifat”jamoatchilik markazi, Yozuvchilar, Bastakorlar, Me’morlar uyushmalari, “Oltin meros”, “Kamolot”, “Umid”, “Ulug’bek”, “Navro’z” jamg’armalari va keng jamoatchilikning Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo’yicha takliflari ma’qullansin.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini Qoraqalpog’iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri vakilalariga bittadan har yili Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida berish maqsadga muvofiq deb topilsin.

2. Belgilab qo’yisinki:
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti maktab, litsey, kollej va oliy o’quv yurtlarida a’lo xulqi, zukkoligi, donoligi, tashabbuskorligi, o’qishdagi muvaffaqiyatlari bilan alohida iste’dodini namoyon qilib ta’lim olayotgan, istiqlol g’oyalarini amalgam oshirish yo’lida astoydil mehnat qilayotgan iqtidorli qizlarga Adabiyot, madaniyat, san’at, fan, ta’lim sohalaridagi alohida yutuqlari uchun beriladi;

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida tayinlanadi;

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalari bo’lgan maktab, litsey, kollej o’quvchilari tanlagan yo’nalishlari bo’yicha oily o’quv yurtlariga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadilar.

3. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi tomonidan Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi va boshqa tegishli jamoat tashkilotlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan ko’krak nishoni hamda diplomi tasdiqlansin.

4. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti to’g’risidagi Nizom 1-ilovaga, mukofot kommisiyasi to’g;risidagi Nizom 2-ilovaga va komissiya tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti kommisiyasi O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi qoshida jamoatchilik asosida faoliyat ko’rsatishi hamda unga qo’mita raisi rahbarlik qilishi belgilab qo’yilsin.

6. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur davlat mukofotini berish, ko’krak nishoni va diplomini tayyorlash uchun O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasiga davlat byudjetidan tegishli mablag’ ajratsin.

7. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti mukofot kommisiyasi keng jamoatchilik fikrini atroflicha o’rganib, talabgorlar faoliyatini har tomonlama muhokama qilib chiqargan xulosalari asosida Vazirlar mahkamasining qarori bilan berilishi belgilab qo’yilsin.

8. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirning o’rinbosari D. G’ulomova zimmasiga yuklansin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
I. Karimov

      

«Zulfiya» nomidagi Davlat mukofotining Diplomi
«Zulfiya» nomidagi Davlat mukofotining ko'krak nishoni


Ðåéòèíã@Mail.ru
Hosted by uCoz