Assosiy Sahifa
Bizning hamkorlarimiz
Sohalari

Adabiyot sohasida:

barcha janrlar bo`yicha mukofotga tavsiya etilayotgan asarlar g`oyaviy-badiy jihatdan yuksak bo`lishi, muallif dunyoqarashining o`ziga hosligi, bugungi voqiyalikda ro`y beriyotgan ulkan ijobiy o`zgarishlarni tasdiqlashga qaratilganligi, shuningdek, original badiiy-estetik izlanishlari bilan ajralib turishi kerak.

San`at sohasida:

nomzodning badiiy, ilmiy, ijodiy asari (rassom, haykaltorosh, amaliy bezak ustasi, dizayner, bastakor yaratgan badiiy asar, san`atshunos, me`morchilik loyihasi, aktyor yaratgan roller, nomerlar, raqs va tomosha san`atining barcha turlari, teleko`rsatuv, radioeshittirishlar va h. k.) dolzarb muammoga bag`ishlangan yuksak mahorat bilan ijro etilgan, tanlangan sohada yangilik kashf etish darajasida bo`lishi hamda qadriyarlarini mustahkamlanishiga xizmat qilishi kerak;

badiiy asar, ijrochilik, kino, teatr, tomosha, raqs sohasidagi ishlar yoki san`atshunoslik ilmiy ishlarni baholashda ularning Vatanimiz yoki chet ellarda chop etilganligi, ko`rgazmalarda namoiyish etilganligi, o`zbek va jahon xalqlarning tarixiy obrazlarini betakror mahorat bilan ijro etilganligi inobatga olinishi lozim. Shuningdek, amaliyotchi ijodkorlardan 2 ta taqriz (sohasiga qarab) bo`lishi lozim. Taqrizda mukofatga qo`yilgan asarning amaliy ahamiyati, yangiligi va dolzarbligi o`z aksini topishi kerak.

Jumladan:

Teatr, kin ova televidenie uchun yaratilgan asarlar sohasida: barcha janrlarda yaratilgan asarlar, ijro etilgan roller yuksak badiiy darajada yaratilishi, mustaqillik g`oyalarini aks ettirishi, yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga hizmat qilishi hamda jamoatchilik e`tirofiga sazovor bo`lishi lozim.

Tasviriy, amaliy, bezak, dizayn va me`morchilik san`ati sohasida: san`atning hamma turlari va janrlari bo`yicha mukofotga tavsiya etilgan asar g`oyaviy-badiiy jihattan etuk bo`lishi, muallif duniyqarashining o`ziga hosligi, uning voqelikka original badiiy estetik munosabati bilan ajralib turishi kerak.

San`atshunoslik bo`yicha: san`at tarixi, nazariyasi va badiiy tanqidchilik borasida tavsiya etilgan asarlar, teleradiosstenariylar, ijod yoki san`at turlari va janrlarning biror bir sohasining etuk asarlari bo`lishi lozim.

Professional bastakorlik mahorati bo`yicha: kichik kamer asarlar, vocal, yirik simfonik asarlar, zamonaviy estrada qo`shiqlari, kino yoki teatr uchun yozilgan musiqa, bolalar uchun qo`shiqlar taqdim etishi mumkin. Ular klavr yoki portitura notalari va video tasmalarga olingan holatda komissiyaga taqdim etiladi.

Professional konsert ijrochiligi bo`yicha: milliy-an`anaviy qo`shiqchilik mahorati; milliy zamonaviy Estrada qo`shiqchiligi mahorati; milliy cholg`ularda (nay, dutor, rubob, doyra, chang va h. k) professionallik ijrochilik mahorati; g`arb cholg`ularida (pionino, skripka, al`t, violonchel, fleita) g`arb klassik va zamonaviy o`zbek kompozitorlarinig asrlarini ijro etish mahorati; raqs san`ati mahorati.

Fan sohasida:

taqdim etilayotgan ish zamonaviy, ilmiy muommolarni hal etishga bag`ishlangan yoki halqimizning ma`naviy merosini o`rganishga qaratilgan yangilik, kashfiyot, ilmiy ishlanma yoki ilmiy asar bo`lishi shart;

ishchi guruhi ikkinchi bosqishda tanlangan ilmiy ishlarga uchta etakchi mutaxassis-olimlarning taqrizini oladi;

ishning dolzarbligiga oid quyidagi ko`rsatkichlar o`z aksini topgan bo`lishi lozim;

ilmiy kashfiyot, ishlanma yoki maqolaning nazariy qimmati;

asarning amaliy ahamiyati;

ishlanmaning patentlashga layoqati;

ishlanmaning iqtisodiy samara berishi, ilmiy asoslanganligi;

san`atshunoslik yoki Adabiyotshunoslik sohasidagi ilmiy ishlar;

kutubxonachilik sohasidagi ilmiy ishlar;

Ta`lim sohasida:

a`lo xulqi, ma`naviy guzalligi va o`quv jarayonidagi kursatkichlari bilan barcha pedagogik jamoa hamda ota-onalar o`rtasida hurmat-e`tabor qozongan;

ta`lim, Adabiyot va san`at sohasida alohida istedodini namoyon qilgan (turli ko`rik-tanlovlar, viloyat, respublika va jahon fan olimpiadalari qatnashchilari, jurnalistika bo`yicha maqolalari, she`r yoki hikoyalari respublika, viloyat matbuotida bosilgan);

ma`naviy axloqiy jihatdan pok, vatanparvar, yuqori madaniy va ma`rifiy saviyaga ega bo`lgan, milliy urf-odatlarimiz va qadriyatlarimizni e`zozlagan, tariximizni esa yaxshi bilgan;

“O`zbekiston – Vatanim manim” G`oyasini madh etuvchi, bunyodkor, mehnatkash xalqimizni ulug`lovchi, insonlar qalbida muqaddas Vatan tuprog`ini asrab avaylash, zarur bo`lsa jon fido qilishga undovchi g`oyalarni amalgam oshirishda o`zining munosib hissasini qo`shib kelayotgan;

zukkoligi, tashabbuskorligi hamda iste`dodini yana boshqa bir yo`nalish bo`yicha ko`rsata olgan bo`lishi lozim.

Madaniyat sohasida:

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti madaniyat sohasidagi muassasa-larda xizmat qilayotgan xodimlarga jamoat ishlaridagi muvoffoqiyatlari, mustaqillik mafkurasini, istiqlol g`oyalarini jamoatchilik o`rtasida targ`ib qilish va amalga oshirish yo`lida astoydil mehnat qilayotganligi uchun hamda eliga, yurtiga sadoqati, farzandlariga mehr-muhabbati bilan boshqalardan ajralib turuvchi xotin-qizlar tavsiya qilinadi.

Ðåéòèíã@Mail.ru
Hosted by uCoz