Assosiy Sahifa
Bizning hamkorlarimiz
Yo'riqnomasi

O`zbekiston Respublikasi Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga taqdim
YO`RIQNAMASI

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya etilgan nomzodlarga
qo`yiladigan talablar:

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti maktab, litsey, kollej va oliy o`quv yurtlarida ta`lim olayatgan, korxona, tashkilot va boshqa muassasalarda xizmat qiloyatgan, a`lo xulqi, oliyjanob insoniy fazilatlari, zukkoligi, donoligi tashabbuskorligi, o`qishdagi muvaffaqiyatlari, yorqin iste`dodini namoyish qilishi bilan birga istiqlol g`oyalarini amalga oshirish yo`lida fidokorona mehnat qilayotgan 14 yoshdan 22 yoshgacha bo`lgan iqtidorli qizlarga Adabiyot, san`at, madaniyat, fan va ta`lim sohalarida erishgan katta yutuqlari uchun eriladi.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlar o`zining vatanparvarligi, siyosiy-ijtimoiy va ma`naviy etukligi (Prezidentimiz asarlari, mamlakatimizning ichki va tashqi siyosati haqida, istiqlol mafkurasi asosida erkin fikr yurita bilishi), Vatanimiz tarixi, milliy allomalarimiz va jahon madaniyati merosini yaxshi egallaganligi bilan ajralib turishi lozim.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti nomzodlarining asarlariga
qo`yiladigan umumiy talablar:

nomzodning ilmiy-ijodiy ishlari o`zining yangiligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, badiiy qimmati bilan alohida ajralib turishi, xalqimiz ma`naviyatini yuksaltirish, mustaqillik g`oyalarini amalgam oshirish, jamiyatimizda olib boriliyotgan ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, va ma`rifiy islohotlar mohiyati ochish, mamlakatimizdagi ijtimoiy va madaniy hayotini yanada yaxshilish masalalarini hal etishga qaratilgan bo`lishi lozim;

tavsiya etilayotgan ishlarni baholashda ularning Vatanimiz yoki chet ellarda chop etilganligi, etakchi mutaxassislar tomonidan yuqori baholanganligi, jamoatchilik tomonidan e`tirof etilganligi inobatga olinishi lozim.

Tanlov o`tkazish bosqichlari:

1 bosqich (sentyabr)
maktablarda o`tkazilib, maktab pedogogika kengashlarining tavsiyasiga binoan, nomzodlarning ishlari tuman, shahar, viloyat xalq ta`limi boshqarmalariga taqdim etiladi;

litsey va kollejlarda o`tkazlib, shu muassasalarning pedogogika kengashlari tavsiyasiga binoan, nomzodlarning ishlari viloyat komissiyasiga topshiriladi.

oily o`quv yurtlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarida o`tkazilib, shu o`quv yurtlari va muassasalari ilmiy kengashlari tavsiyasiga binoan, nomzodlarning ishlari viloyat komissiyasiga topshiriladi;

korxona, tashkilot va boshqa muassasalarda o`tkazilib, shu muassasalarning rahbar organlari tavsiyasiga binoan, tuman, shahar, viloyat boshqarmalariga topshiriladi.

2 bosqich (oktyabr-noyabr)
viloyat xalq ta`limi bo`limi, litsey va kollej boshqarmalari, oily o`quv yurti, ilmiy tadqiqot muassasalari ilmiy kengashlari va viloyat boshqarmalari tavsiyalari asosida nomzodlarning ishlari viloyat komissyasida ko`rib chiqiladi;

viloyat ommoviy axborot vositalarida nomzodlar, ularning foaliyati, erishgan yutuqlari yoritib boriladi;

nomzodlarning ishlari viloyat komissiyalarida ko`rib chiqiladi va har bir yunalish buyicha 1 tadan, jami 5 nomzod tanlab olinib, Respublika komissiyasiga taqdim etiladi.

3 bosqich (dekabr-yanvar)
Respublika komissiyasi Qoroqolpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan taqdim etilgan nomzodlarning ishlari ko`rib chiqadi;

Respublika ommoviy axborot vositalarida nomzodlar, ularning foaliyati, erishgan yutuqlari yoritib boriladi;

Respublika komissiyasi Qoroqolpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan bittadan nomzodni tanlab oladi va Vazirlar Mahkamasiga tavsiya etadi.

Hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish tartibi:

adabiy – badiiy, ilmiy ishlar qolyozmasi ikki nusxada, 50 sahifagacha bo`lgan hajmda, tasviriy san`at asarlari shu asarlardan olingan fotosuratlar shaklida, musiqa va ijroshilik ishlari esa, 20 minuttan kam bo`lmagan hamda audio yoki video tasmalarga yozilgan holda taqdim etiladi;

xorijiy tillarda chop etilgan asarlar o`zbek tiliga tarjima qilingan holda ko`rib chiqiladi; har bir ish Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalarining xulosalari va rahbar tashkilotlar qarori bilan yuboriladi. Qarorda muallifning ismi, familiyasi va otasining ismi, agar bo`lsa, adabiy taxallusi, asarning nomi, qisqacha bayoni, keng jamoatchilik tomonidan e`tirof etilganligi haqida ma`lumotlar, mukofotga taqdim etish asoslari, muhokama Qatnashchilarning xulosalari ko`rsatilishi va qarorga matbuotda e`lon qilingan taqrizlar ilova qilingan bo`lishi kerak;

qaror raislik qiluvchi va kotib tomonidan imzolangan bo`lib, rahbar tashkilot muhri bilan tasdiqlanadi;

Shuningdek, Respublika komissiyasiga quyidagi hujjatlar ham taqdim etiladi;

nomzodning shaxsiy varaqasi, tarjimoiy holi, 12x9 o`lchamdagi fotosuratlari va o`z faoliyati davomida olgan rag`batnomalar ro`yhati;

doimiy o`qish yoki xizmat joyidan berilgan, mazkur tashkilot rahbari tomonidan imzolangan, muhr bilan tasdiqlangan ijodiy va ijtimoiy –siyosiy tavsifnoma;

asr haqida matbuotda e`lon qilingan taqriz va bildirilgan fikrlar.

Sovrindorlar ro`yhati

ommoviy axborot vositalarida e`lon qilinadi. Ularga mukofotlanganlik haqidagi Diplom, ko`krak nishoni (pul mukofoti nomzod taqdim etilgan joyda beriladi) Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.

Respublika komissiyasiga tavsiya etilgan ishlar

quyidagi manzilga junatilishi kerak:

Navoiy ko`chasi 30 uy.
O`zbekiston xotin-qizlar Qo`mitasi qoshidagi
Zulfiya nomidagi mukofoti komissiyasi.

Ðåéòèíã@Mail.ru
Hosted by uCoz