Ishchi guruhning NIZOMI
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi ishchi guruhining
N I Z O M I
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi mukofotga taqdim etilgan talabgorlar foaliyati, asarlarini o`rganish va tahlil qilish uchun sohalar bo`yicha ishchi guruhini tashkil etadi.
Ishchi guruhi maslahat organi hisoblanadi va tavsiyanoma ishlab chiqadi. Ishlab chiqilgan tavsiyanoma komissiya yig`ilishida ko`rib chiqadi.
Ishchi guruhi a`zoligiga komissiyaning shu sohalar bo`yicha mutaxassislari, shuningdek, Adabiyot, san`at, fan, madaniyat vat a`lim sohalari bo`yicha atoqli arboblar, olimlar, yirik mutaxassislar kiritiladi.
Tartibga ko`ra ishchi guruhi a`zolari har 4 yilda 2-3 kishiga yangilanadi. Ishchi guruhiga komissiya rahbarlik qiladi.
Agar ishchi guruhi a`zosi mukofotga da`vogar bo`lsa, u guruh foaliyatida ishtirok etmaydi.
Davlat mukofotiga tavsiya etilgan talabgorlar foaliyati, ularning asarlari atroflicha va haqqoniy muhokama etiladi. Har bir nomzod bo`yicha ishchi guruhi tamonidan chiqarilgan xulosa va yakuniy fikr Zulfiya nomidagi O`zbekiston Respublikasi davlat mukofoti Nizomiga muvoffiq bo`lishi shart.
Zulfiya nomidagi O`zbekiston Respublikasi davlat mukofoti:
maktab, litsey, kollej va oliy o`quv yurtlarida a`lo hulqi, o`qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy foalligi bilan yorqin iste`dodini namayon qilib ta`lim olayotgan, istiqlol g`oyalarini amalga oshirish y`olida astoydil mehnat qilayotgan 14 yoshdan 22 yoshgacha bo`lgan iqtidorli qizlarga Adabiyot, san`at, madaniyat, fan va ta`lim sohalaridagi hamda jamoatchilik foaliyatidagi katta yutuqlari uchun beriladi.
Ishchi guruhi o`z yig`ilishiga mukofatga tavsiya etilgan talabgorlarning foaliyati va asarlari yuzasidan qo`shimcha ma`lumot olish uchun vazirliklar, davlat qo`mitalari, mahalliy hokimiyat organlari, ijodiy uyushmalar va jamoat tashkilotlari vakillarini taklif etishi mumkin. Taklif etilganlar ishni muhokama qilish jarayonida qatnashmaydilar.
Ish ikki bosqichda ko`rib chiqiladi. Birinchi bosqichda tanlovda qatnashish uchun nomzodlar va ularning ishlari tanlab olinadi. Ikkinchi bosqichda mukofotga loyiq deb topilgan nomzodlar aniqlanadi. Birinchi bosqich kengashida qabul qilib olingan barcha ishlarga tegishli hujjat va arizalar muhokama qilinadi va yopiq ovoz berish yo`li bilan kerakli tavsiyalar tasdiqlanadi.
Eslatma:
1. Ishchi guruhi kvorumini aniqlashda uning xorijiy safarda bo`lgan a`zosi hisobga olinmaydi.
2. Ishni tanlovga tavsiya etilganda ishchi guruhi a`zolarining uchdan ikki qismi ovoz olgan bo`lishi shart.
Komissiyaning (tanlovda qatnashish uchun ishlar tanlab olishga bag`ishlangan) birinchi yig`ilishida komissiyaning mas`ul kotibi barcha talablarga amal qilgan holda yig`ilish bayonnomasini rasmiylashtiradi. Bayonnomada taqrizchilarning qisqa xulosasi, tanlovga qatnashishga qo`yilmagan ishlar yuzasidan ishchi guruhining qarori, ishchi guruhda ovoz berish natiyjalari qayd etiladi.
Komissiya qaroridan keyin ishchi guruhi zarur bo`lgan hollarda ishni qo`shimcha taqrizga berishi va o`quv muassalaridan qo`shimcha ma`lumotlarni olishi mumkin.
Ish jamoatchilik muhakamasidan o`tkandan keyin komissiya foaliyatining ikkinchi bosqichi boshlanadi.
Mas`ul kotib ishchi guruhi rahbari bilan birgalikda tavsiya etilgan talabgorlarning foaliyati to`g`risida, zarurat tu`g`ilgan hollarda, qo`shimcha ma`lumotlar to`playdi., tavsiya etilgan asarlarni oldindan ko`rib chiqish, ular yuzasidan xulosalar toyarlash uchun pul to`lash yo`li bilan mutaxassis-ekspertlarni taklif etadi. Davlat mukofotini olishga tavsiya etilgan talabgorlarning ibratli foaliyatlari va ijodiy ishlariga doir materiallarni tegishli tashkilotlarga ekspertlarning ko`rib chiqishi uchun yuboradi. Shuningdek, mukofotga tavsiya etilgan talabgorlarning foaliyati va ijodi bilan joylarda tanishish uchun komissiya a`zolarini, ekspertlar yoki ekspert komissiyalarini Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarga yuboradi.
Shundan keyin ishchi guruhi ish yuzasidan matbuotda e`lon qilingan maqolalar (taqrizlar) natiyjasiga ko`ra komissiyada to`plangan materiyallar asosida komissiyaning yakuniy majlisini o`tkazadi. Komissiya yashirin ovoz berish yo`li bilan tanlovda qatnashgan ishlardan eng saralarini (ishchi guruhi ja`mi a`zolari to`rtdan uch qismining ovozini olganlarini) Davlat mukofoti uchun tanlab oladi. |