Assosiy Sahifa
Bizning hamkorlarimiz
Zulfiyaning hayot yo'li

1915-yil 1-mart Toshkentning Degrez mahallasida hunarmand oilasida tug'iladi.

1931Ц34-yillar Xotin-qizlar bilim yurtida o'qiydi. Adabiy to'garaklarda qatnashadi va she'rlar mashq qiladi.

1931-yil 17-iyul Birinchi she'ri лIshchi╗ gazetasida bosiladi.

1932-yil Hamid Olimjon bilan uchrashadi.

1932-yil лHayot varaqalari╗ nomli birinchi she'rlar to'plami chop etiladi. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutida o'qiydi.

1933Ц35-yillar O'zbekiston Davlat nashriyotida ishlaydi.

1935Ц38-yillar O'zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi til-Adabiyot instituti aspiranturasida o'qiydi.

1938-yil Bolalar nashriyotida muharrir.

1939-yil лQizlar qo'shig'i╗ she'riy kitobi chiqadi.

1941-yil O'zbekiston Davlat nashriyotida Adabiyot bo'limi boshlig'i.

1943-yil лHulkar╗ kitobi, лUni Farhod der edilar╗ poemasi nashr etildi.

1944-yil лHijron kunlarida╗ kitobi chiqadi.

1944-yil Hamid Olimjon vafotiga atab лKechir, qoldim g'aflatda╗, лYulduz╗, лNe balolarga etding mubtalo╗, лSen qaydasan, yuragim╗, лKo'rganmiding ko'zlarimda yosh╗, лBahor keldi seni so'roqlab╗ she'rlarini yozadi.

1950Ц53-yillar лO'zbekiston xotin-qizlari╗ jurnali bo'limi boshlig'i.

1950-yil лMen tongni kuylayman╗ she'riy kitobi chiqadi.

1953-yil лDugonalar bilan suhbat╗ kitobi nashr etiladi. лOydin╗ ocherki bosildi.

1954-yil лSaodat╗ jurnalining bosh muharriri.

1958-yil лYuragimga yaqin kishilar╗ kitobi chiqadi. лMushoira╗ she'ri, лZaynab va Omon╗ operasi librettosi yozildi.

1965-yil O'zbekiston xalq shoiri unvoni beriladi. лKuylarim sizga╗ she'rlar to'plami, лO'ylar╗ adabiy maqolalari kitobi chop etiladi.

1967-yil Neru xalqaro mukofoti laureati bo'ldi. лQuyoshli qalam╗ poemasini yozdi.

1970-yil Nilufar nomli xalqaro mukofot laureati bo'ldi.

1972-yil лVisol╗ she'rlar to'plami nashr etildi.

1972-yil Bolgariya Xalq Respublikasining I-darajali Kirill va Mefodiy ordenini oldi.

1974-yil 2 jildlik лAsarlar╗ to'plami chiqdi.

1975-yil лYillar, yillar╗ she'rlar kitobi chop etildi.

1976-yil лKamalak╗ she'rlar kitobi uchun Davlat mukofoti berildi. лShalola╗ she'rlar kitobi chiqdi.

1984-yil Mehnat Qahramoni unvoni berildi. Respublika Davlat mukofoti laureati boldi, Hamid Olimjonning лSemurg'╗ dostoni asosida pyesa-ertakyozdi.

1996-yil 81 yoshida vafot etdi.

http://zulfiya.edunet.uz/
saytidan to'liqliroq ma'lumot olishingiz mumkin

╨хщЄшэу@Mail.ru
Hosted by uCoz